LENINIZM

LENINIZM — XX asrning boshlarida marksizmdan ajralib chiqqan g’oyaviy oqim. Leninizm Rossiyada V.I.Lenin va uning tarafdorlari tomonidan asoslab berildi. Bu mafkuraga binoan sotsializmga dunyoning rivojlangan mamlakatlarida birdaniga emas, balki kapitalizmning «zaif xalqasi» hisoblangan, alohida olingan bir mamlakatda, inqilobiy yo’l bilan-burjua davlat mashinasini sindirib tashlash va proletariat diktaturasini o‗rnatish, xususiy mulkni tutatish va uni ijtimoiy (davlat) mulkka aylantirish yo’li bilan o’tiladi. Leninizm mafkurasi asosida SSSR va bir qator G’arbiy Yevropa mamlakatlarida sotsializm qurish tajribasi olib borildi. Biroq, bu tajriba samarasiz bo’lib chiqdi va xalq ishonchini oqlamadi. Natijada leninizm XX asrning 90-yillariga kelib siyosiy mafkura sifatida e‘tibordan chetda qoldi va amal qilishdan to’xtadi.