Levirat
Levirat (lotincha levir — qayni, yerning ukasi), esir olish — qadimgi Nikoh odatlaridan biri, beva qolgan yanganing qaynisiga yerga tegishi. Ko’pchilik xalqlarda urug’chilik tuzumi davrida tarqalgan bo’lib, Kavkaz, O’rta Osiyo xalqlari, yahudiylar va boshqalarda ham saqlanib qolgan. Levirat odati bo’yicha uka uylanmagan bo’lsa ham marhum akaning beva (esir) qolgan xotiniga uylanishi shart bo’lgan. Ayni choqda uka o’lsa aka uning bevasiga uylangan. O’zbeklarda “aka o’lsa yanga meros, uka o’lsa kelin meros” maqolida ham yuqoridagi mazmun aks etgan. Bevani uyiga qaytarib yuborish voha o’zbeklarida ayb sanalgan. Bevani begonaga uzatishni o’zlariga uyat hisoblashgan. Agar beva rozi bo’lmasa majburlab roziligini olish hollari ham uchragan. Marhumning bevasi, mol-mulki, farzandlari tarbiyasi begona erkak qo’liga o’tib ketmasligi va hali uylanmagan uka qalin to’lab, ortiqcha sarf-xarajat qilib uylanmasligi uchun nikohning Levirat shakliga ruxsat berilgan. Levirat nikoh shakli 20-asrdan so’ng, xalqimiz turmushidan butkul chiqib ketgan.