Leyb-gvardiya
Leyb-gvardiya — ba’zi monarxik davlatlarda hukmdorning shaxsiy qo’riqchilari va eng sara harbiy qismlarning faxriy nomi. Rossiyada Pyotr I tomonidan 17-asr oxirida ta’sis etilgan. Keyinchalik Rossiya armiyasining ko’pgina gvardiyachi qismlari Leyb-gvardiya nomi bilan atalgan. Shuningdek, ba’zi armiyalar tarkibidagi polklarning nomiga ham “leyb” qo’shimchasi qo’shilgan.