Leyden
Leyden — Niderlandiyaning g’arbiy qismidagi shahar. Janubiy Gollandiya provintsiyasida. Reyn daryosi Deltasidagi port. Aholisi 117,4 ming kishi (2001). Leyden yirik madaniy va ilmiy markaz. Jun tayyorlashning qad. markazi. Mashinasozlik, metallsozlik, kimyo, poligrafiya, tikuvchilik sanoati korxonalari mavjud. Universitet (1575), universtet kutubxonasi, tarix muzeyi, etnografiya muzeyi, mashhur rassom Rembrandt uy-muzeyi va boshqalar bor. Shahar qo’lyozmalarda ilk bor 9-asrda qayd etilgan. 12— 18-asrlarga oid me’moriy yodgorliklari saqlangan.