Leykoksen

Leykoksen (lepko… va Yunoncha Xenos — yot, boshqa) — polimineral agregat, ilmenit, kamroq sfen, Perovskit va titanning boshqa minerallari o’zgarishining mahsuli. Soxta rutil (Fe23+ T13O,)ning kristallik fazasida ko’p uchraydi. Tarkibi va xususiyatlari o’zgaruvchan. Asosiy komponentlari: TiO2 (80-90% ga yaqin) va Fe2O3(6-15%). FeO miqdori 2% dan kam. Rangi och jigarrang, kulrang, sariqdan oqqacha. Zichligi 3600-4300 kg/m3. Magnitsiz va kam magnitli. Kelib chiqishi, asosan, gipergen. Nurash qatlamlari va sochmalarda keng tarqalgan. Ba’zida gidrotermal sharoit va metamorfizmda paydo bo’ladi. Sanoat konlari — ekzogen, asosan, qadimgi (Ukrainadagi Malishev koni va boshqalar). Leykoksen titan xom ashyosining muhim turidir. Titanning ekzogen konlaridan foydalanishda o’zgargan ilmenit va rutil bilan birga qazib olinadi. Ko’pincha, titanli gubka olishda foydalaniladi.