LIBERTARIZM

LIBERTARIZM (ing. libertarian – iroda erkinligi tarafdori) — davlatning ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga aralashmasligi, bu bozor munosabatlari sohasi ekanligi to’g’risidagi g’oyani targ’ib qiluvchi konsepsiya. Chikago maktabi vakillari (O.Fridman, G.Bekker, A.Laffer, P.K.Robertelar) tomonidan faol qo’llanadi. Libertarizm jamiyatda oshkora hokimiyat sohasini imkoni boricha qisqartirish, insonning individual erkinligi sohasini kengaytirish zaruratini ilgari surgan e‘tiqod.