LIGATURA

LIGATURA (ligatura; lotincha ligo, ligatum — bog’lamoq) — tibbiyotda qon tomirlar va boshqa kovak a’zolar atrofiga bog’lanadigan yoki to’qimalarning bitishi uchun operatsiyadan keyin jarohatda qoldiriladigan ip. Odatda, Ligatura sifatida ipak, ketgut, ip, zig’ir tolasi va boshqalar ishlatiladi. Qon tomiri hamda to’qimaning tarkibiga ko’ra, so’riladigan yoki so’rilmaydigan Ligatura farq qilinadi.