LIGROIN
LIGROIN (og’ir benzin) — parafin, naften va aromatik uglevodorodlar aralashmasi. Neft yoki neft-gaz kondensatidan 120-240° da distillyatsiya usulida ajratib olinadi. Rangsiz, tiniq yoki sarg’ish suyuqlik. Zichligi 785-795 kg/m3. Dizel yonilg’isi, erituvchi, gidravlik suyuqlik sifatida ishlatiladi.