Lima

Lima — Peru poytaxti. Mamlakatning muhim iqtisodiy, siyosiy va madaniy markazi. Tinch okean sohilida joylashgan. And tog’lari etagida. Iqlimi tropik cho’l iqlimi. O’rtacha temperaturasi avgustda 16°, Fevralda 23°. Yiliga 40 mm yog’in yog’adi. Aholisi 7,4 million kishi (2000). Limaga 1535 yilda ispanlar asos solgan. Uch asr davomida ispanlarning Janubiy Amerikadagi mustamlakalarining markazi va Peru vitseqirolligining poytaxti bo’lgan. 1821 yildan Peru Respublikasining poytaxti. 1881-83 yillarda Chili qo’shinlari okkupatsiya qilib turgan. Temir yo’l va avtomobil yo’llarining yirik tuguni. Limadan Pan-Amerika shossesi o’tgan. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Lima shahar atrofi va Kalyao bilan birga mamlakatdagi ishlab beruvchi sanoat mahsulotining 80% ni beradi. Asosiy sanoat tarmoqlari: to’qimachilik, oziq- ovqat, metallsozlik, kimyo, neftni qayta ishlash sanoatlari. Tayyor qismlardan avtomobil va elektr asboblari ishlab chiqarish korxonalari bor. Universitetlar, jumladan, San-Markoe universiteti (1551), 3 ta Fanlar Akademiyasi, muzeylar, milliy kutubxona, teatrlar, rasadxona, botanika bog’i va boshqalar bor. Me’moriy yodgorliklaridan Torre Tagle saroyi (1795), sobor (1572-1797), prezident saroyi va boshqalar saqlangan.