Liman
Liman (yunoncha limen – gavan, qo`ltiqcha) – 1) qirg`oqlari uncha baland bo`lmagan va qiyaroq, qing`ir-qiyshiq qo`ltiq. Liman dengiz sohilining pasayib, tekisliklardagi daryo, vodiylarning suv bosishidan hosil bo`ladi. Liman maydoni bir necha m.kv dan unlab km.kv ga boradi. Azov va Qora dengizning shimoliy sohillarida limanlar ko`p. 2) Yevropaning qurg`oqchil janubi-sharqiy hududlaridagi sayoz pastliklar. Bahorda limanga qor-muz suvlari to`lib, ko`llar hosil qiladi, yozda esa qurib qoladi. Bunday limanlardan o`tloq sifatida foydalaniladi.