Limes

Limes (lotincha limes-yo’l, chegara yo’l)-Qadimgi Rim imperiyasi chegaralarida qo’riqchi minoralari bilan birga qurilgan mustahkam to’siq (devor, ko’tarma). Limes imperiya uchun nafaqat mudofaa istehkomi, balki bojxona nazorati vositasi vazifasini ham o’tagan. Eng mashhur Limeslar Yuqori germanretiysk Limesi (550 kilometr) va Britaniyadagi Adrian ko’tarmasi hisoblanadi.