LINCH SUDI

LINCH SUDI — AQSHda negrlarni va mamlakatning oq tanli aholisining progressiv kayfiyatdagi vakillarini sudsiz va tergovchisiz olomon qilish, g’ayri qonuniy ravishda jazolash. «Linch sudi» so’zi XVIII asrda iste‘molga kiritilgan bo’lib, u amerikalik polkovnik, irqchi Linch nomidan olingan. U asosan siyosiy muxoliflaridan shavqatsizlarcha o’ch olgan edi. XX asrning o’rtalaridan boshlab olomon qilish oshkora tus oldi va arboblarni to’g’ridan-to’g’ri o’ldirish shaklini oldi. Ku-kluks-klan, J.Berch jamiyati kabi va boshqa fashistik tashkilotlar Linch sudini ko’p qo’llamoqda.