Linnik Yuriy Vladimirovich
Linnik Yuriy Vladimirovich [(1914.26.12 (1915.8.1), Belaya Tserkov — 1972.30.6, Leningrad] — rus matematigi, akademik (1964), Leningrad universitetini tugatgan (1938), shu universitetda professor (1944). Asosiy ishlari ehtimollar nazariyasi ustunlarining sonlar nazariyasiga tatbiqi, analitik sonlar nazariyasi va matematik statistikaga oid. U sonlarni kvadratik formalar orqali ifodalagan, Berej — Fisher muammosi va boshqa qiyin masalalarni tekshirgan. Uning katta turlar usuli tub sonlarning arifmetik progressiyalardagi taqsimoti va sonlar nazariyasining boshqa additiv masalalarini yechishga imkon berdi. Linnik o’zi yaratgan dispersion usul bilan Xardi — Litlvud muammosini hal qilib, yetarlicha katta butun son tub son bilan ikki aniq kvadrat yig’indisi shaklida ifodalanishini ko’rsatdi.