Lira
Lira (yunoncha lyra)-qadimgi torli tirnama yunon musiqa cholg’usi. 7-11 torli bo’lgan. Chap qo’l barmoqlari bilan torlarni tirnab chalinadi. Epir va lirik she’rlar ijrosiga jo’r bo’lgan Lira (lirika so’zi shundan). Liraga o’xshash sozlar qadimdan Yaqin Sharq va Misrda, hozird ba’zi Afrika xalqlari orasida uchraydi. Liraning takomillashgan turi kifara deb ataladi. Keyingi davrlarda Yevropada turli torli sozlar ham Lira deb atalgan.