Lira
Lira (Yunoncha lyra) — qadimgi torli tirnama yunon musiqa cholg’usi. 7-11 torli bo’lgan. Chap qo’l barmoqlari bilan torlarni tirnab chalinadi. Epik va lirik she’rlar ijrosiga jo’r bo’lgan Lira (lirika so’zi shundan) Apollonning safdoshi hisoblangan. Liraga o’xshash sozlar qadimdan yaqin Sharq va Misrda, hozirda ba’zi Afrika xalqlari orasida uchraydi. Liraning takomillashgan turi kifara deb ataladi. Keyingi davrlarda Yevropada turli torli sozlar ham Lira deb atalgan. Liraning tasviri jahon madaniyatida musiqa san’ati ramzi sifatida qabul qilingan. Toshkentda 1896-1918 yillar “lira” nomli xor musiqasi jamiyati faoliyat ko’rsatgan.