Litva tili

Litva tili — litvalarning milliy tili. Hind-Yevropa tillari oilasining Boltiq tillari guruhiga mansub. Asosan, Litvada tarqalgan. Litva tilida 2.924 million, chet elda 0,4 milliondan ortiq (1992) kishi gaplashadi. Litva tili jyamayt (quyi litva) va aukshtayt (yuqori Litva, bu lahja adabiy Litva tiliga asos bo’lgan) lahjalariga bo’linadi. Bu tilning qadimgi yozma yodgorliklari 16-17-asrlarga oid liniy kitoblardir. Litva tilida qadimgi Emtonglarning ko’pligi, ohangdor urg’uning mavjudligi uning fonetik xususiyatlaridir. Litva tili lotin alifbosi asosidagi yozuvga ega (16-asrdan).