Lister (Lister) Jozef
Lister (Lister) Jozef (1827.5.4, Apton, Esseks grafligi — 1912.10.2, Uolmer, Kent grafligi) — ingliz xirurgi. London Qirollik jamiyati a’zosi (1860) va prezidenti (1895— 1900). Xirurgiya amaliyotiga antiseptika usulini joriy qilgan (1867). Sut achituvchi bakteriyalarni topgan, ko’z ey (rangdor) pardasining muskullarini birinchi bo’lib tasvirlab bergan. Asosiy ilmiy ishlari anatomiya, gistologiya va mikrobiologiya masalalariga oid.
O‘xshash so‘zlar
- LISTING
- Listvenit
- Listvenitlanish
- List (List) Fridrix
- List (Liszt) Ferents
- Listerioz, listerellyoz, nevrellyoz
- List (to’lqinsimon asbesttsementli listlar)
- Listok zarodisheviy, ichki murtak yaproqchasi nima degani











