LIZING

LIZING – moliya-kredit munosabatlarining shakllaridan biri bo’lib, korxonalar tomonidan mashina, asbob-uskuna va shunga o’xshash tovarlarni uzoq muddatli ijaraga olishni anglatadi. Lizingda uning obyektlari, odatda, (lekin majburiy tartibda emas) ijaraga beruvchi korxonaning balansidan ijaraga oluvchi korxonaning balansiga pirovardida o’tkaziladi. Bu tartibdagi bitimlar ijarachi korxona uchun foydali hisoblanib, ular moliyaviy zarar ko’rmaydilar va, odatda, soliq va amortizatsiya imtiyozlariga ega bo’ladilar.