LLOYD
LLOYD – l) Angliyadagi xalqaro sug’urta bozori; Angliyadagi sug’urtalovchilar korporatsiyasi. Taxminan 1734-yilda tashkil etilgan. Hozirgi paytda Lloydga 22000 dan ortiq tashkilot a’zo. Uning faoliyati Angliya parlamenti qabul qilgan maxsus qonun bilan tartibga solinadi. Lloyd sug’urtaning barcha turlarini amalga oshiradi. Uning a’zolari 279 sindikatga birlashgan bo’lib, sindikat faoliyati uchun anderrayterlar javob beradi. Anderrayterlar bilan sug’urtalanuvchilami sug’urta vositachilari birlashtiradi. Sug’urta vositachilari Lloyd bozorida risklarni joylashtiradi. Anderrayterlar sug’urta shartnomasi bo’yicha javob berish uchun yirik miqdordagi pul mablag’larini korporatsiyaga depozit sifatida qo’yadi.