LOBBIZM
LOBBIZM (ing. lobby – yopiq sayr qilish maydonchasi, koridor) — davlat idoralari, qonunchilik, ijroiya, sud hokimiyatlarining mintaqalar iqtisodiyoti ayrim tarmoqlari va sohalarini, korxonalar, ijtimoiy guruhlarni obyektiv zarurat taqozosi bilan emas., balki ma‘lum bir manfaatlarni ko’zlab, ba‘zan mansabdor shaxslarni sotib olish (maktublar, OAV, reklama, ommaviy chiqishlar, bayonotlar, bosim o’tkazish) orqali qo’llab-quvvatlashga qaratilgan faoliyati. Lobbizm Amerika Qo’shma Shtatlarida to’liq yuzaga chiqish bilan (bunda u 1946-yildan boshlab ro’yxatga olinadi va qonunga muvofiq moliyaviy nazorat ostida bo’ladi) amalda barcha ijtimoiy-siyosiy tuzilmalar uchun xarakterlidir. Lobbizmdan foydalanish ma‘lum bir maqsadlarga erishish maqsadida hokimiyat (asosan) struktkralariga ta‘sir o’tkazishning (to’g’ridan-to’g’ri va bilvosita) turli-tuman priyomlari va uslublari majmuasidir. Lobbizm texnologiyasi etarlicha murakkab tuzilmaga ega, unga axborot-psixologik ta‘sir o’tkazishning an‘anaviy tadbirlari emas, balki bir qator ta‘minlovchi harakatlar ham kiradi. «Lobbi», «lobbizm», «lobbizmdan foydalanish» tushunchalari va uning boshqa hosilalari ingliz tilidagi siyosiy terminologiyadan olingan. 1553-yilda monastirdagi sayr qilish maydonchasini ko’rsatish uchun foydalanilgan. Oradan yuz yil o’tgach Angliyadagi umumlashuvlar palatasining sayr qilish uchun mo’ljallangan xonasi shunday deb atay boshlagan. Amerikada 1864-yilda «lobbizmdan foydalanish» atamasi kongress koridorlarida ovozlarni pulga sotib olishni ifodalay boshlagandan keyin bu atama siyosiy tus olgan. Lobbizmdan foydalanish siyosati: alohida ijtimoiy va siyosiy kuchlar; alohida mamlakatlar va hududlar; xususiy ijtimoiy yoki global muammolarni hal qilish strategiyalari foydasiga o’tkazilishi mumkin. Lobbistlar hokimiyat vakillari qiyofasida o’z himoyasidagilarga katta foyda beradigan davlat buyurtmalari, kreditlar, yordamlar, imtiyozlar, litsenziyalar olishda, iqtisodiy va tijorat faoliyatida, yangi korxonalar ochish va uni ro’yxatdan o’tkazishda, raqobatchilarni sindirishda qulay sharoitlar yaratishda ko’maklashadi. Agrar Lobbizm va sanoat Lobbizmga bo’linadi.