Lokomotiv
Lokomotiv (lotincha loco moveo — joyidan quzg’ataman) — temir izlar (temir yo’l)da ayrim vagonlar yoki poezdlarni tortib yurishga muljallangan transport vositasi. Dizel-poyezdlar, turbopoyezdlar, elektrpoyezdlar tarkibiga kiradigan motorli vagonlar hamda avtodrezina va motodrezinalar ham Lokomotiv vazifasini o’taydi. Lekin motorli vagonlar va drezinalarda yo’lovchilar va yuk tashish uchun o’rinlar va joylar bo’ladi. Umuman temir yo’ldagi barcha tortish vositalari Lokomotiv hisoblanadi. Dastlabki Lokomotiv 19-asr boshida Buyuk Britaniyada, keyinchalik (1834) Rossiyada (parovoz) yasalgan va deyarli 1 asr mobaynida temir yo’lda yagona tortish vositasi hisoblangan. 20-asr boshida parovozlarni ancha takomillashgan teplovoz va elektrovoz siqib chiqara boshladi. Bajaradigan ishiga qarab, Lokomotivlar magistral va sanoat Lokomotivlariga bulinadi. Magistral Lokomotivlar umumiy foydalaniladigan temir yo’lda, sanoat Lokomotivlari esa zavodlar, konlar, shaxtalar, qurilish maydonlari va boshqalarda ishlatiladi. Magistral Lokomotivning yuk tashiydigan va yo’lovchi tashiydigan poyezdlarni tortish uchun, manevr qilish (poezdlar tuzish), vagonlarning o’rnini almashtirish uchun muljallangan xillari bor. Lokomotiv ensiz va enli izlarda yurish uchun xam mo’ljallab ishlab chiqariladi. Birlamchi energiya manbai turiga qarab, Lokomotiv issiqlik va elektr Lokomotivlariga bo’linadi. Issiqlik Lokomotivlari — parovoz, teplovoz, motovoz, gaz-turbovoz. Bularda energiya ishlab chiqaradigan alohida (xususiy) kuch qurilmasi bo’ladi. Elektr Lokomotivlari kontakli va akkumulya-torli elektrovozlardan iborat. Parovozni bug’mashinasi, teplovoz va motovozni inki yonuv dvigatel, gaz-turbovozni gaz turbinasi, elektrovoz va elektr poyezdni elektr dvogateli va akkumulyator harakatlantiradi. Asosiy Lokomotivlardan tashqari har xil aralash Lokomotivlar ham bor: dizel-elektrovozlar, teplovozlar, kontaktli-akkumulyatorli elektrovozlar va boshqalar (bular unchalik keng tarqalmagan). Hozir, asosan, teplovoz va elektrovozlardan foydalaniladi, tezligi 200 km/soatdan oshadigan aviatsiya gaz turbinali turbovozlar (Angliya, Rossiya), magnit va havo yostiqli Lokomotiv (tezligi 500 km/soat gacha) yaratilgan (Yaponiya), yoqilg’i elementlar va yadro reaktorlardan foydalanib ishlaydigan energetik qurilmali Lokomotiv loyihasi ustida ishlar olib borilmoqda.