Lot

Lot (gollandcha lood) – dengiz, ko`l va boshqa suvlarning chuqurligini o`lchaydigan asbob. Oddiy (dastaki), Mexanik va gidroakustik xillari bor. Oddiy lot metrlarga bo`lingan sim (lotlin) uchiga konus (piramida) shaklidagi qo`rg`oshin yoki cho`yan (3,5-5 kg) bog`langan moslamadan iborat bo`lib, 50 m gacha chuqurlikni o`lchashga imkon beradi. Mexanik lot suvga botirilgan naychadagi gidrostatik bosimni o`lchashga asoslangan, naychaning bir uchi kavsharlangan, suvga botiriladigan ikkinchi uchi esa ochiq bo`ladi. Suv juda chuqur bo`lsa, gidroakustik lot bilan o`lchanadi.