Lot
Lot (gollandcha lood) — dengiz, ko’l, daryolarning chuqurligini kema bortidan turib o’lchaydigan asbob. Dastlabki (50 metrgacha chuqurlikni o’lchash uchun), mexanik (200 metrgacha) va gidroakustik xillari bor. Dastlabki Lot metr yoki futlarga bo’lingan po’lat arqonga bog’langan toshlardan iborat. Mexanik Lot suvga cho’ktiriladigan pastki uchi ochiq chuqurlik o’lchagich turubkadan iborat; gidrostatik bosim o’lchanadi. Exolotning ishlash tarzi asbobdan tubgacha borgan va undan kaytgan tovush signallarining o’tish vaqtini o’lchashga asoslangan.