Loyan
Loyan — Xitoyning Markaziy qismidagi shahar, Loxe daryosi sohilida, Xenan provintsiyasida. Aholisi 1,5 million kishidan ziyod. Transport yo’llarining muhim tuguni. Traktorlar, konchilik jihozlari va sharikli podshipniklar ishlab chiqaruvchi yirik markaz. Qurilish sanoati rivojlangan. Shuningdek, yog’ochsozlik, oziq-ovqat, ip gazlama sanoati korxonalari bor. Loyan yaqinida toshko’mir va temir rudasi qazib olinadi. Shaharga miloddan avvalgi 1108 yilda asos solingan. Dastlab Loi deb atalgan. Choju (miloddan avvalgi 770-516 yillar), so’nggi Xan (miloddan avvalgi 250-220), G’arbiy Szin (265— 316), shimoliy Veey (386-534), Sunggi Tan (10-asr) kabi bir qancha Xitoy sulolalari davlatining poytaxti bo’lgan. Barcha davrlarga oid tarixiy va badiiy yodgorliklar: shahar devorlari, saroylar, ibodatxonalar, imperatorlar maqbaralari saqlangan. Xitoyda dastlabki budda ibodatxonalaridan biri bo’lgan shahar chekkasidagi Baymasi ibodatxonasi (miloddan avvalgi 68 yilda qurilgan) va Lunmun g’or ibodatxonasi (5-9-asrlar), ayniqsa, mashhur. 1958 yilda Loyan yaqinida Guan Yuya ibodatxonasida temirdan yasalgan buyumlar, jez idishlar, oynalar, qurollar ko’plab to’plangan muzey ochilgan. Issiqlik elektr stansiyasi qurilgan.