Ludlov yarusi, Ludlou
Ludlov yarusi, Ludlou (Angliyadagi Shropshir grafligining Ludlou qishlog’i nomidan) — silur davrining pastdan uchinchi yarusi. 1833 yilda ingliz olimi R. Murchison tomonidan aniqlangan. Ludlov yarusi (pastdan yuqoriga qarab) Elton, brinjvud, leyntvardin va uaytklif qatlamlariga bo’linadi. Ko’pincha, bentosli fauna bilan tavsiflanib, 4 graptolitli zona (“Monograptus nissoni”, “M. Scanius” “M. tumescens” va “M. leitwardinensis”) ga mos keladi. Bu zonalar jinslaridan faptolitlar, kovakichlilar, elkaoyoklilar va boshqa hayvon qoldiqlari topilgan. Ludlov yarusiga taalluqli tog’jinslari, asosan, Rossiya Federatsiyasi (Novaya Zemlya, Ural, Oltoy, Tuva), Qozog’iston, Boltiqbo’yi, Ukrainaning Janubiy-g’arbida, O’rta Osiyoda bor. O’zbekistonda Turkiston, Olay, Qurama, Hisor, Chatqol tog’larida uchraydi. Ludlov yarusining umumiy qalinligi 450 metr bo’lib, ohaktosh, slanes, otqindi tog’jinslaridan tuzilgan. Ushbu yarus jinslarida simob, mis kolchedani va boshqa foydali qazilmalar mavjud.