Lug’at
Lug’at-1) muayyan tilda, uning hududiy yoki ijtimoiy lahjasida mavjud bo’lgan, u yoki bu yozuvchi asarlarida uchraydigan so’zlar yig’indisi, leksika; 2) so’z yoki so’zlar (yoki morfemalar, so’z birikmalari, iboralar va boshqalar) muayyan tartibda (alifboli, uyali, mavzuli) joylashtirilgan, tavsiflanuvchi birliklar, ularning kelib chiqishi, ma’nolari, yozilishi, talaffuzi, uslubiy mansubligi, boshqa tillarga tarjimasi haqida ma’lumotlar jamlangan kitob.