Lyuis Uilyam Artur
Lyuis Uilyam Artur (1925.23.1, Sent-Lyusiya oroli, Britaniya Vest-Indiyasi — 1991) — iqtisodchi olim, iqtisodiyot doktori (1940), Manchester universiteti professor (1948); BMTning rivojlanayotgan mamlakatlar muammolari bo’yicha eksperti va BMT maxsus fondi ijrochi Direktorining o’rinbosari (1951 — 73); Prinston universiteti professor (1968), Barbadosda Karib taraqqiyot banki prezidenti (1970-73). Lyuisning ilmiy ishlari rivojlanayotgan mamlakatlarning davlat siyosati va iqtisodiyoti muammolariga bag’ishlangan. U rivojlanayotgan mamlakatlarning rivojlanib boruvchi zamonaviy sanoat va an’anaviy agrar sektorlardan iborat “ikkiyoqlama iqtisodiyot” modelini (“Lyuis modeli”) yaratdi. Lyuis an’anaviy agrar sektordan cheklanmagan resurslarni, ishchi kuchini jalb kilish orqali ishlov beruvchi sanoat va savdoning rivojlanishini, olingan foydaning reinvestisiya qilinishini asoslab berdi, rivojlanayotgan mamlakatlardagi isheizlik modelini taklif qildi (1954). Asosiy asarlari: “iqtisodiy o’sish nazariyasi” (1955), “rivojlanishni rejalashtirish. Iqtisodiy siyosat asoslari” (1966). Nobel mukofoti laureati (1979; T. U. Shuls bilan hamkorlikda).