MAFKURA

MAFKURA (siyosiy mafkura) — hokimiyatning unga doir munosabatlar mavqeiga tegishli muammolar bilan chambarchas bog’liqdir. Mafkura siyosiy turli xil muammolarga ega bo’lishiga qaramasdan, jamiyat va siyosiy tizim haqidagi aniq konsepsiyani, uni amalga oshirish borasidagi yo’l-yo’riqlar va vositalarga ega bo’lishni tan olishga asoslanadi. Mafkura siyosiy bir vaqtning o’zida integrativ chegaralovchilik funksiyalarni bajaradi. Mafkura siyosiy siyosat subyektlari sifatida insonlar o’rtasidagi o’zaro institusional munosabatlarga ahamiyat qaratish, aniq ijtimoiy-tarixiy sharoitlarda siyosiy borliqni tushuntirish, uni asoslab berish, shuningdek, himoya qilish yoki uni inkor etishga asoslanadi. Mafkura siyosiy siyosiy tizimlar shakllanishida ishtirok etib, turli ijtimoiy qatlamlar birligini ifodalashga xizmat qiladi. Siyosiy mafkuralarning nazariy-konseptual, dasturiy-siyosiy va dolzarblashgan darajalari mavjud.