Magadan
Magadan — Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Magadan viloyati markazi. Oxota dengizining Nagayev qo’ltiqchasidagi port (Nagaevo). Aholisi 121,6 ming kishi (1998). Shahar korxonalarida konchilik asbob-uskunalari, yoqilg’i apparaturasi ishlab chiqariladi, kema, avtomobil, traktorlar ta’mirlanadi. 42 sanoat korxonasi, shu jumladan, qurilish materiallari korxonalari, tikuvchilik fabrikasi, ko’npoyabzal kombinati, tes bor. Magadanda uzoq Sharq ilmiy markazining Shimol biologik muammolari instituti, shimoli-Sharq kompleks ilmiy tadqiqot instituti, shimoli-Sharq qishloq xo’jaligi zonal ilmiy tadqiqot instituti, tinch okean baliq xo’jaligi va okeanografiya instituti bo’limi mavjud. Pedagogika instituti, politexnika texnikumi, tibbiyot va musiqa bilim yurtlari, 2 teatr, telemarkaz, muzey ishlab turibdi. Avia yo’nadishlar orqali Magadan Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk va boshqa shaharlar bilan bog’langan. Kolima traktining boshlang’ich punkti. Magadanga 1930-yillar boshida asos solingan.