Magistr
Magistr-1) ayrim mamlakatlarda bakalavr va fan doktori o’rtasidagi ilmiy daraja; 2) bakalavr darajasidan farqli ravishda ma’lum ixtisoslik bo’yicha yuqori malakali mutaxassis hisoblanib, u ilm-fan sohasida, ishlab chiqarishning mas’uliyatli lavozimlarida faoliyat ko’rsata oladigan mutaxassis; 3) tayanch oliy ta’lim kursidan so’ng qo’shimcha dastur asosida o’qib, maxsus imtihonlarni topshirgan va muayyan ilmiy ishni himoya qilgan shaxs; 4) O’zbekistonda “Ta’lim to’g’risida” Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga muvofiq universitetlar, akademiyalar, institutlar va oliy maktabning boshqa ta’lim muassasalarida oliy ta’limning 2-bosqichi – magistraturani tugatlarga beriladigan daraja.