Magmatik tog` jinslari
Magmatik tog` jinslari – magmaning sovishi va kristallanishidan hosil bo`lgan tog` jinslari. Sovish sharoitiga qarab megmatik tog` jinslari ikkiga bo`linadi. Effuziv jinslar – lavaning yer yuzasida sovishidan, intruziv jinslar – magmaning yer po`stida sovishidan hosil bo`lgan magmatik tog` jinslari. Intruziv jinslar juda sekin sovib, to`la kristallanadi. Effuziv jinslar tez sovishi natijasida shishasimon tuzilishga ega bo`ladi.