Magnetit
Magnetit (magnit temirtosh) — murakkab oksidlar kichik sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi — FeFe2O4 tarkibi va xususiyatlari o’zgaruvchan bo’lib, vujudga kelish sharoitiga bog’liq. Kub singoniyada kristallanadi, oktaedr kristallar va rombdodekaedr ko’rinishdagi yaxlit donador agregatlar hosil qiladi. Rangi qo’ng’ir qora, metalldek yaltiroq. Qattiqligi 5,5—6,0; zichligi 5200 kg/m3. Kuchli magnit xossasiga ega. Tarkibida titan (1U)-oksid (TYU2) bo’lsa titanmagnetit va xrom (Sh)-oksid (0,0,) bo’lsa xrommagnetit deb ataladi. Magmatik tog’jinslarida, gidrotermal konlarda, ba’zan cho’kindi jinslarda uchraydi. Magnetit temir olinadigan asosiy xom ashyo hisoblanadi. Magnetitning yirik konlari gabbro va gabbropiroksenit-dunitli formasiyalarning magmatik jinslari, sienitlar, o’ta asosli ishqorli jinslar va karbonatitlar, kontakt-metasomatik tuzilmalar, vulkanogen-cho’kindi jinslar bilan bog’liq. Magnetitning eng katta konlari Rossiya (Kursk magnit anomaliyasi), Ukraina (Krivoy Rog, Kremenchug temir ruda konlari), Shvesiya, AQSh va boshqa mamlakatlarda bor.