Magnetron

Magnetron [magnit va (elek) tron] — o’ta yuqori chastotali elektromagnit tebranishlarni generasiyalaydigan elektrovakuum asbob; elektronlar doimiy magnit va elektr maydoni bilan o’zaro ta’sirlashganda sodir bo’ladi. Ko’p rezonatorli oddiy Magnetronning asosiy qismlari elektronlar chiqaradigan katod va elektrik hajmiy rezonatorlar bo’lgan anoddan iborat. Magnetronning tebranish sistemasida 8 dan 40 tagacha rezonator bo’lib, ular anod teshigi atrofida simmetrik joylashgan. Har qayyasi rezonator katod joylashgan Markaziy teshik bilan tirqish orqali bog’langan. Rezonatorlar halqasimon tebranish sistemasini hosil qiladi. Bir yoki bir necha rezonatorni siljitib, chastota o’zgartiriladi. Rezonator hosil qilgan o’ta yuqori chastotali elektr maydoni bilan tormozlangan elektronlar maydonga energiya berib, o’ta yuqori chastotali elektromagnit tebranishlarni kuchaytiradi. Magnetronning ish diapazoni 0,5 dan 100 Gts gacha, f.i.k. 0,8 gacha. Ish tarziga ko’ra, Magnetron uzluksiz va uzlukli xillarga bo’linadi. Uzluksiz Magnetronlarning quvvati bir necha Vt dan o’nlarcha kVt gacha, uzlukli Magnetronlarniki 10 Vt dan 5 MVt gacha. Magnetron radiolakasion stansiyalarda, ro’zg’orda ishlatiladigan pechlar va boshqalarda foydalaniladi.