Magnezit
Magnezit — karbonatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi — MgCO3. Trigonal singoniyada kristallanadi. Ditrigonal-skalenoedr kristallar, ko’pincha, yaxlit donador agregatlar hosil qiladi. Rangi oq, kulrang, sargish, pushti rang. Shishasimon yaltiroq, sof kristallari rangeiz. Qattiqligi 4-7; zichligi 3000 kg/m3. Mo’rt. O’ta asosli tog’ jinslarining nurashidan va metamorfizm jarayonida talk bilan birga hosil bo’ladi. Breynerit — listvenitlarning tipik minerali. Cho’kindi Magnezit ko’l va lagunalarda dolomit va dolomitlashgan ohaktoshlar bilan birgalikda yotadi. Kristallangan Magnezitning katta uyumlari Avstriya, Janubiy Ural, Uzoq, Sharq, Braziliya, Xitoy, Koreya va boshqa joylardan topilgan. Magnezitni sun’iy ravishda ham oladilar. O’tga chidamli materiallar (g’isht va boshqalar) tayyorlashda, o’g’it sifatida, magnezial tsement olishda, tsellyuloza, oyna-shisha, keramika sanoatida, lok-bo’yoq, sintetik kauchuk, qand ishlab chiqarishda va boshqa sohalarda ishlatiladi.