Magnit strukturasi

Magnit strukturasi – kristallarda atom (ion) magnit momentlarning tartibli joylashishi. Atomli, domenli M. s. mavjud. Atomli M. s. kristallardagi atomlar (ionlar) magnit momentlarining o’zaro yo’nalishini ko’rsatadi. Bu ham yig’indi magnit momentining qiymatiga qarab, o’z navbatida yana ferromagnitli (yig’indi magnit moment noldan farkli) va anti-ferromagnitli (yig’indi magnit moment nolga teng) turlarga bo’linadi (rasmga q.). Bundan tashqari, atom magnit momentining kristalldagi fazoviy taqsimlanish xususiyatlariga qarab, ularni maxsus guruhlarga ajratish mumkin: a) kollinear (magnit momentlari kristall panjaraning barcha tugunlarida kristallning ma’lum bir o’qi bo’ylab yoki unga karama-qarshi yo’nalgan; b) kucheiz nokolli-near (nokollinearlik kucheiz magnit ta’siri natijasidir); v) kuchli no-kollinear (bu holda nokollinearlik almashinuvi o’zaro ta’sirning kattaligi va simmetriklik xarakteriga asoslanadi); g) vintsimon kristallning ma’lum o’qida joylashgan atomlarning magnit momentlari bir-biriga nisbatan buril – gan bo’lib, bu moment vektorlarining uchi shu o’q atrofida vintsimon chiziqni tasvirlaydi. Domenli M. s o’z-o’zidan magnitlanadigan turlicha yo’nalishdagi domenlarning jism hajmi bo’yicha taqsimlanishi b-n xarakterlanadi. Ma’lum t-Rada ferromagnetikda domenlarning shakli, ularning kattaligi va namunaning qajmi bo’yicha taqsimlangan domenlarning yo’nalishi / jismning shakli va o’lchamiga, kristall yuzasiga, kristall panjaraning nuqsoniga va ichki kuchlanishlariga, yarim kristall jismlarda esa qo’shni kristallarning M.s.ga bog’liq. Ferromagnetik magnit anizotro-piyasini o’zgartiruvchi tashqi ta’sirlar (elastik kuchlanish, magnit maydoni, t-ra o’zgarishi) natijasida M.s. o’zgaradi va u metastabil (o’ta turg’un) holatda turib qolishi mumkin. Tashqi ta’sirlardan so’ng M.s. asl holiga to’la-to’kis qaytmaydi; domenlarning shakli va o’lchami o’zgaradi, ferromagnit (jism) qoldiq magnitlanish holatiga o’tib qoladi.