Magnit s’yomka
Magnit s’yomka — foydali qazilmalarni qidirish va razvedka qilish, geologik xaritalashtirishda geomagnit maydon elementlari o’lchamlarining majmui. O’lchashda magnitometrlar va magnit gradientometrlardan foydalaniladi. Magnit s’yomkaning yer yuzasida, yerdan yuqorida, suv ostida, shuningdek, shaxta va burg’i quduqlarida o’lchash xillari mavjud. Geomagnit maydonlarining global qonuniyatlarini o’rganishda qayd qilish punktlarining oralig’i yuzlarcha kilometrni, geologik xaritalashtirish, tektonik rayonlashtirish, konlarni qidirishda esa bir necha metrdan bir necha kilometrgacha bo’ladi. Yer yuzasida olib borilgan Magnit s’yomka 1:10 000 masshtabda va undan yirikroq, mayda masshtabdagi s’yomka esa havodan turib bajariladi. S’yomka to’ri magnit anomaliyasining kutilayotgan o’lchamlari bilan belgilanadi.