Magniy nima?
Magniy — odamlarga tanish eng antiqa metallardan biridir. U shu qadar yengilki, vazni alyuminiy og’irligining uchdan ikki qismiga to’g’ri keladi. Magniy sanoatda ishlatilayotgan metallarning eng yengili hisoblanadi. Vaznining yengilligidan tashqari magniy yana bir o’zgacha xossaga ega. U yonishi mumkin. Magniy qipiqlari yoki uning zig’irtak chiqitlari juda oson yonadi va lovullab gulxanga aylanadi. Boshqa jihatdan, magniyning xossalari boshqa metallarning hususiyatlaridan farq qilmaydi. U kumushrang-oppoq tusli, alyuminiydan biroz qattiqroq va nam havoda tezda yeyiladi yoki to’ziydi. Magniyning mustahkamligini kuchaytirish, qattiqligini oshirish, korroziyaga chidamliligini barqarorlashtirish maqsadida uni rux, marganes va alyuminiy bilan aralashtirib qotishmaga aylantiradilar. Magniyli qotishmalar keng ko’lamda qo’llaniladi. Ulardan tunuka, plastina, huvur, to’sin va sim ishlab chiqariladi. Magniyning o’ta yengil vazni uni tayyora va boshqa xil tez harakatlanuvchi texnikani tayyorlashda alohida foydali materialga aylantiradi. Gohida yonuvchanlik xossasiga ega bo’lganligi uchun magniy sof holatida raketalar, mushaklar, havoda iz qoldirib uchadigan o’qlarda ham qo’llaniladi. Magniy tuzidan tibbiyotda va kimyoda ham foydalaniladi. Eng sho’r tuz — magniy sulfati, magneziya suti esa magniy oksidining eritmasidir. Bir zamonlar magniy kimyoviy laboratoriyalarning shunchaki ermagi edi. 1808 yilda ser Xamfri Deyvi garchi sof holdagi magniyni ololmagan bo’lsa-da, uning ayrim xossalarini kashf etdi. Shundan keyin olimlarning bu g’aroyib metallga diqqat-e’tibori kuchayib bordi va uni sof holida qanday olish hamda boshqa metallar bilan qotishmaga singdirishni chuqurroq o’rgandilar. Ilk magniy qotishmasini olish uchun yuz yil kerak bo’ldi. Magniy shu qadar yuqori kimyoviy aktivlikka egaki, uni erkin holida tabiatda uchratish amrimahol. Biroq boshqa elementlar bilan birikkani holda magniy yer qobig’ining atigi 2 foizini tashkil etadi, xolos. Magniyni tabiatda mavjud boshqa ma’danlar birikmasidan ajratib olinadi. Bular magnezit, dolomit, karnallit, tabiiy tuz qorishmalaridir.