Mahalliy shamollar
Mahalliy shamollar – uncha katta bo`lmagan hudud uchun xos bo`lgan ob-havo rejimini hosil qiluvchi va tez-tez takrorlanib turuvchi shamollar. Mahalliy shamollar atmosferaning mahalliy harakatlari oqibatida (tog`-vodiy shamoli) yoki umumiy atmosfera sirkulyatsiyasining mahalliy sharoit ta’sirida o`zgarishi natijasida vujudga keladi. (Afg`on shamoli, chinuk, samum, Bekobod shamoli).