Mahalliy shamollar
Mahalliy shamollar – tez- ligi, takrorlanishi, yo’nalishi va b. meteoreologik elementlari b-n ajra- lib turadigan shamollar; er yuzasining ma’lum r-nlariga xos bo’ladi. M.sh.ning paydo bo’lishiga sabablar: mahalliy to- pografiya yoki orografiyaning umumiy tsirkulyasiya oqimlariga ta’siri natija- si (fen, bora va b.); umumiy tsirkulyasi- yasidan qat’i nazar, mahalliy tsirkulya- tsiyaning (brizlar, tog’vodiy shamollari) mavjudligi; ba’zida uyurma xususiyatla- riga ega bo’lgan konvektsiyaning (changli bo’ron va b.) bo’lishi; umumiy tsirkulyasiya oqimini shu r-nga oidligi (kam namlik, changlanish, past t-ra va b.). O’rta Osiyo- ning Jan.da uchraydigan afg’on shamoli, garmsel, Orol dengizida bo’lib turadi- gan dovullar va b. O’rta Osiyo uchun M. sh. hisoblanadi. M.sh.lar, ko’pincha, shu joy nomi b-n ataladi: Bekobod shamoli (ur- satev shamoli). Boku “Nord” i, Novoros- siysk “bora”si va h.k. (q. Shamol).