MAHALLIY O’ZINI O’ZI BOSHQARISH

MAHALLIY O’ZINI O’ZI BOSHQARISH — hokimiyatning bir turi; fuqarolarning joylarda davlat va jamiyat ishlarida ishtirokini ta’min- lash, davlatning ayrim funktsiyalari- ni amalga oshirish vositasi. Ko’pchilik mamlakatlarda mahalliy miqyosda davlat hokimiyati organlari tashkil etilmay, u erda faqat M. o’. u. b. organlari tuzila- Di. Mas, Rossiyada aholi hokimiyatning vakolatli organlari (munisipial yig’ilishlar, kengashlar, qo’mitalar va sh. k.), fuqarolarning tegishli boshqaruv organlari (mahalliy ma’muriyat), yig’inlari va boshqalar M. o’. o’. b.ni amalga oshiradi. M. o’. o’. b. organlari, odatda, davlat hokimiyati organlari ti- zimiga kirmaydi. M. o’. u. b. organlari- ning tuzilishini aholi o’zi mustaqil belgilaydi. M. o’. o’. b. organlariga qonun asosida ayrim davlat va-kolatlari be- rilishi mumkin, bu va-kolatlar davlat nazorati ostida amalga oshiriladi. O’zbekistonda joylarda mahalliy dav- lat hokimiyati organlari ham, M. o’. o’. b. organlari ham mavjud. Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek, ular tarki- bidagi mahallalarsa fuqarolarning yig’inlari o’zini o’zi boshqarish organla- ri hisoblanadi (q. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari).