“Mahbub ul-qulub”
“Mahbub ul-qulub” (“qalblar sevgilisi”) — Alisher Navoiyncht asa- ri. 1501 y.da yozilgan. Asar o’zaro bog’liq 3 qismdan iborat. 1qism 40 fasl (bob) ni o’z ichiga oladi. Bunda muallif o’z davri- ning tipik vakillari hayotini tasvirla- gan. 10 bobdan tashkil topgan 2qismda yaxshi va yomon, maqtovga sazovor va na- fratga loyiqxislatlar tafsiloti beril- gan. 3qismga masal va hikmatlar kiri- tilgan. Har bir jumla o’zaro qofiyadosh. Asarning saj’da yozilishi unga alohida badiiy nafosat bag’ishlagan. Asarga baytlar, ruboiylar kiritilib, ular ulug’ shoir va muta-fakkirning hayot haqidagi xulosalarini mujassamlashtirgan. “M. ul-q.”Alisher Navoiy asarlari tilini o’rganishda muhim manba hisoblanadi. Uning turli vaqtda ko’chirilgan bir qancha qo’lyozmalari Toshkent, Sankt- Peterburg, Parij va Istanbul kutubxo- nalarida saqlanadi. Nashri: “Mahbub ul-qulub”, matnni nashrga tayyorlovchi A. N. Kononov, M.— L., 1948; “Mahbub ul-qulub” — Alisher Navoiy. Asarlar, 15 jildli, 13-j., T., 1966; “mah-bub ul-qulub” — Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to’plami, 20 jildli, 14-j., T., 1998.