Mahdiy Sulton ibn baxtiyor Sulton ibn Xizrxon

Mahdiy Sulton ibn baxtiyor Sulton ibn Xizrxon (? — 1511) — shayboniylardan. Shayboniyxonnutt jiyani, Muhammad Shayboniyxon yassi va Sabronni olgach, Movarounnaxrga yurish qilishdan avval turli viloyatlar- ga tarqab ketgan Shayboniy sultonlar qatori M.s. va Hamza Sulton(uning akasi) ni o’z bayrog’i ostiga chaqirtirgan (1495). M.s. Temuriylar qo’l ostidagi Qorako’l viloyati hokimi edi. Taxm. 1492-93 y.larda M.s. va Hamza Sulton Shayboniy- xonni tark etib temuriylardan Sulton Mahmud Mirzo xizmatida bo’lganlar. 1495 y. ular Hisordan Andijonga bo- bur xuzuriga kelishgan. Temuriylarning taxt uchun kurashida qatnashganlar. 1495 y. M.s. Sheroz va Kanboy atrofidan Sul- ton Ali Mirzodan qochib Samarqandga kelgan. 1498 y. Boburning Ahmad Tanbal- ga qarshi kurashida unga M.s. va Hamza sultonlar yordam berishgan. 1500 y. Shayboniyxon b-n birga Boburga qarshi Samarqandni olishda qatnashishgan. Mo- varounnaxr Shayboniylar kul ostiga ut- gach, Shayboniyxon M.s.ga Chag’oniyon va Hamza sultonga Hisor viloyatini bergan (1503). 1509 y. oxirida Shayboniyxon Dashti Qipchoqqa qozoq xoni Qosimxonga qarshi yurish qilgan, biroq Shayboniy Sulton- larning in-tizomsizligi oqibatida mag’lubiyatga uchragan, shu tufayli u M.s. va Hamza sultonlardan Hisorni tortib olgan va ularning o’rniga Ubay-dulla sultonni tayinlagan. Bu Shayboniy sul- tonlarning noroziligiga sabab bo’lgan. 1510 y. Marv yaqinida Shayboniyxon shoh Ismoil /b-n jang qilib mag’lubiyatga uch- raganida ko’pgina Shayboniy sultonlar qatori M.s. ham unda ishtirok etmagan. 1511 y. Bobur Ismoil I dan harbiy yor- dam olib Hisori Shodmon, Qunduz va Bag’longa hokimlik qilayotgan M.s. va Hamza sultonlarga qarshi yurish qilgan va asir olingan, M.s. va Hamza sultonlar qatl etilgan. Ad.: Mirza Muxammad Xaydar, Tarix-i Rashidi, T., 1996; Axmedov B. A., Istoriya Balxa, T., 1982; Baburname, T., 1993.