Mahdum

Mahdum (arabcha-xizmat qilinuvchi odam)-pir va ustozlarga beriladigan laqab. Odatda, pir va ustozlarga o’z muridlari hamda shogirdlari xizmat qilishgan. Mahdumni ba’zi joylarda pir, ustoz va ulamolarning o’g’illariga nisbatan ham ishlatadilar. Ba’zan Mahdum so’zi “maxsim” deb noto’g’ri ishlatiladi. Naqshbandiylik tariqati shayxlaridan Sayyid Ahmad Xojagi ibn Sayyid Jaloliddin Kosony Dahbediy “Mahdumi A’zam”, ya’ni “Ulug’ Mahdum” deb e’zozlangan.