MAHFUZ NAJIB
MAHFUZ NAJIB (1911.11.12, Qohira) — Arab yozuvchisi (Misr). Qohira untining adabiyot f-tini tugatgan (1934). “Bema’ni shivirshivir” (1936) novel- lalar to’plami jamiyatdagi boylik va qashshoqlik o’rtasidagi ziddiyat haqida. Romantiktarixiy romanlarini (“taqdir o’yini”, 1939; “Radobis”, 1943; “Fiv ku- rashi”, 1944) yozgach, M.N. yana ijtimoiy mavzuga murojaat qilgan. “Yangi Qohira” (1945) romanida 2-jahon urushidan AV- valgi Misr yoshlarining hayoti aks et- tirilgan. “Xon al-Xaliliy” (1946), “Midak tor ko’chasi” (1947), “avvali va nihoyasi” (1949) romanlarida 1919 y. dagi inglizlarga qarshi qo’zg’olondan 2-jahon urushi tugaguncha bo’lgan davr- dagi Misr jamiyati turli tabaqalari hayoti panoramasi chizilgan. M. N.ning 1956-57 y.larda nashr etilgan, eski Qohiraning dahalari nomi b-n atalgan mashhur romanlari — “Bayn alkasrayn”, “Kasr ash-Shouk” va “as-Sukkariya” 20-a. ning 1-yarmidagi Misr oilalari hayoti haqida. “Nil ustidagi safsata” va “Mi- ramor pansionat” (1966), “yomg’ir osti- dagi sevgi” (1975) romanlarida Misr- dagi 1952 y.dagi inqilob va undan key- in yuzaga kelgan muammolar tasvirlan- gan. “O’g’ri va it” (1961) romani hamda “Ilohiy dunyo” (1963), “badnom xona- don” (1965), “qora mushuk qovoqxonasi” (1968), “shiypon ostida” (1969) novel- lalar to’plamlari muallifi. M. N.ning ko’pgina asarlari ekranlashtirilgan yoki sahnalashtirilgan. Asarlaridan parcha- lar o’zbek tilida e’lon qilingan. Nobel mukofoti laureati (1988). Ly.:Tashmuhamedova G. A., Rannie so- tsialno-bitovie romani Nagiba Max- fuza, T., 1970.