Mahmud Tarziy
Mahmud Tarziy (1866, G’azna -1935, Istanbul) — Afg’oniston dav- lat arbobi, tarixchi. Yosh afg’onlar harakatining g’oyaviy rahbari. Damashq, Istanbul va b. shaharlarda ta’lim ol- gan. 1803 y.da Afg’onistonga qaytib kelgan. 1911-19 y.larda “Sirojul-ax- bor” (“xabarlar chirog’i”) gaz. noshiri va muharriri. Afg’onistonda ma’rifat- parvarlik g’oyalari tarqalishiga munosib hissa qo’shgan. Omonullaxon hokimiyat tepasiga kelgach, yangi hukumatda tashqi ishlar vaziri lavozimini egalladi (1919-22, 1924-27). Hukumat ichida bir-biriga qarama-qarshi 2 guruh bo’lib, M.T. taraqqiyparvar kuchlarga boshchi- lik qilgan. K. keskin (radikal) ichki islohotlar o’tkazish, Konstitu-tsion tar- tib o’rnatish, tinchliksevar tashqi siyosat olib borishni yoklab chiqqan. Bosh vazir Abdulquddusxon Ittimadiy uning bu fikrlariga qarshi turgan va Konstitusi- on g’oyalarni targ’ib qilayotgan kishilar qatl qilinishiga fatvo berilishini ta- lab qilgan (yana q. Yosh afg’onlar). 1928— 29 y.larda Afg’onistonda Omonulla- xonga qarshi Xabibulla — Bachai Saqqo (1880— 1929) rahbarligida ko’tarilgan qo’zg’olondan keyin, Turkiyaga ko’chib ket- gan. U Afg’oniston tarixi va madaniya- tiga oid asarlar yozgan. Badiiy ijod b-n ham shug’ullangan. Ad.: Nazarov X., Sosialnie dvije- niya 20-x godov XX veka v Afganistane, Dushanbe, 1989.