MAHMUD TOROBIY

MAHMUD TOROBIY (?, Buxoro- ning Torob qishlog’i -1238) — Buxoro- da mo’g’ullar zulmiga qarshi ko’tarilgan qo’zg’olon (1238) rahbari. Hunarmand oilasida tug’ilgan. G’alvirchilik b-n shug’ullangan, ayni paytda tabiblik ham qilgan. U kuchli nufuzga ega, ta- savvuf g’oyalari b-n tanish shaxs bo’lgan. Buxoroda mo’g’ullarga qarshi boshlangan qo’zg’olonga mashhur ulamo Shamsuddin Mahbubiyning taklifi b-n rahbarlik kilgan. Buxoro atrofida mo’g’ullarga qarshi bo’lgan jangda halok bo’lgan. Qabri ustiga 13-a.da qurilgan DAX- ma Vatanimiz mustaqillikka erishgach, qayta ta’mirlandi. M.T. haqida Oybek “Mahmud Torobiy” (1944) opera li- brettosi va dostonini, Asad Dilmurod “Mahmud Torobiy” (1998) tarixiy ro- manini yozgan. Buxoro viloyati Jondor shaharchasida haykal o’rnatilgan.