MAHMUD TOROBIY QO’ZG’OLONI

MAHMUD TOROBIY QO’ZG’OLONI — Buxoroda mo’g’ullar zulmiga qarshi ko’tarilgan xalq harakati (1238). Harbiy rahbari — Mahmud Toro- biy, g’oyaviy mafkurachisi — Shamsuddin Mahbubiy. Chig’atoy ulusida mo’g’ullar istibdodi ostida ezilgan va zulmi- dan to’ygan mahalliy aholi qo’zg’olon ko’tarishga bir necha marta xarakat qilgan. Buxorodan 20 km G’arbdagi Torob qishlog’i (hoz. Buxoro viloyati Jondor tumani hududi) da boshlangan qo’zg’olon bu kurashning cho’qqisi hisoblanadi. Torob qishlog’i va uning atrofidagi dehqonlar va hunarmandlar majlislarida o’zaro kengashib, mo’g’ullar zulmiga qarshi ochiq kurash boshlashga qaror qilganlar. Qo’zg’olonchilar Maxmud Torobiy boshchi – ligida Buxoroga yurishdi va shahardagi Malik Sanjar qasri (1206 y.da Buxoroda ko’tarilgan qo’zg’olon rahbari qurdirgan) ni egallab, uni o’zlariga qarorgoh qilib olishdi. Ular safiga ko’plab tarafdorlar va maslakdoshlar kelib qo’shilgan. Toro- biyning opasi ham qo’zg’olonning faol ishtirokchilaridan biri bo’lib, bu tabib va duoxon ayol o’z mardligi, kuch-g’ayrati, jasorati va dushmanga nafrati b-n qo’zg’olonchilar orasida alohida ajralib turgan. Juvayniynchng yozishicha, yirik tasavvuf shayxi va aqoid ulamosi sham- suddin Mahbubiy qo’zg’olonchilarning g’oyaviy rahnamosi sifatida qo’shin va xalq o’rtasida katta tashviqot ishlarini olib borgan. Ular mo’g’ul bosqinchilari va ular xizmatiga o’tgan mahalliy ma’- murlarni o’ldirib, mol-mulkini be- va-bechoralarga taqsimlab berishgan. Buxoro butunlay qo’zg’olonchilar qo’liga o’tgan. Mahmud Torobiy Robia saroyi- ga joylashib, Sulton qilib ko’tarilgan, bosh sadr Burhoniddin uning talabi b-n Shamsuddin Mahbubiyni shahar sa- dri etib tayinlagan. Mo’g’ul qo’shinlari va bosqinchilari bu paytda Karma- naga qochib, shoshilinch kuch to’play boshlaganlar. Qo’zg’olonni bostirish uchun Karmanadan yuborilgan mo’g’ul qo’shinlari Buxoro atrofida tormor kel- tirilgan, jangda 10 ming mo’g’ul askari o’ldirilgan. Qo’zg’olonchilar mo’g’ullarni quvib, Karmanagacha borganlar. Biroq bu jangda Mahmud Torobiy va sham- suddin Mahbubiy ham halok bo’lishgan. Qo’zg’olonga Mahmud Torobiyning 2 ukasi: Muhammad va Ali rahbarlik qilganlar. Mo’g’ullar ularga qarshi Eldiz No’yon va chekan Qurchi boshliq yangi kuch- larni tashlashgan. Karmana yaqinidagi Raboti Malik (hoz. Navoiy tumani Mar- kazi Malik rabot)da bo’lgan tshiddatli jangda qo’zg’olonchilar mag’lubiyatga uch- ragan, ulardan 20 ming kishi, jumladan, Muhammad hamda Ali ham halok bo’lgan. Qo’zg’olon shafqatsizlarcha bostiril- gan. Mo’g’ullar Buxoroga kirib, shahar va uning atrofidagi kishilarni talashga va o’ldirishga kirishgan. Xo’jandda tur- gan Maxmud Yalavochning bu erga kelishi b-n Buxorodagi qirg’in to’xtatilgan. U talangan va vayron etilgan shahardan hech qanday soliq yig’ib ,bo’lmasligiga Chig’atoynn ishontira olgan. M.T.q. mag’lubiyatga uchrasa ham, u izsiz ket- magan. Mo’g’ul ma’murlari endilikda mahalliy aholi b-n ehtiyotkorona mu- nosabatda bo’lib, o’lpon va soliqlarni kamaytirishgan. Ma’lum muddat tur- li o’zboshimchaliklarga chek qo’yilgan. Chig’atoy ulusini mo’g’ul xoqon (qoon)lari nomidan bo-shqargan Mahmud Yalavoch va uning o’g’li Mas’ud Yalavoch bu paytda ham xoqonlar manfaatini ko’zlaydigan, ham mahalliy xalqqa xayrixoh nozik siyosat- ni yuritishgan. Ad.: Buxoro Sharq durdonasi, T., 1997; Tataromongoli v Azii i Evrope, M., 1970. Qahramon Rajabov.