Mahmudbiy

Mahmudbiy, Mahmud Qatag’on (taxm. 17-a. 1-yarmi — 18-a. boshi) — ash- tarxoniylar davridagi nufuzli amal- dor, otaliq. Toxariston (1683 y. dan), Balx va Badaxshon hokimi (1688 y.dan). M. Movarounnahrning 17-a. 1-yarmidagi ijtimoiysiyosiy hayotida muhim rol o’ynagan. Imomqulixon davrida (1611— 42) Qunduz M.ning yurti va Toxariston- ning Toliqon, kishm kabi tumanlarini birlashtirgan mulk markaziga aylangan. M. otaliq davrida Ishkamish Qunduzga tobe ettirilgan. 1685 y. M. Bayot qoradan Toliqonni tortib olgan. 1686-87 y.larda Anushaxon Xiva qo’shini b-n Samarqand va Buxoroga hujum qilganda Subhonqulixon M.dan yordam so’ragan. U bu paytda Toxariston xrkimi (1683 y.dan) edi, u xivaliklarni quvib yubo- rib, Xo’jand va Hisordagi g’alayonlarni bostirishda katta rol o’ynagan. 1688 y. avg.da Balx va Badaxshon M.ga in’om etilgan. M. Buxorodan mustaqil ravish- da siyosat yurgiza boshlagan. 1691 y. Ba- daxshonda yoriylar sulolasi asoschisi Mir Yorbekni mag’lubiyatga uchratgan. 1695 y.Fev.da M. otaliqqa qarshi Balx atrofidagi quramalar isyon ko’targanlar. M. Buxoroga, Subhonqulixonga odam yuborib Shahzoda Muhammad muqim sul- tonni yordamga so’ragan. Biroq xon buni rad etgan. M. Balx taxtiga mashhur sufiy Muhammad Porsoning avlodi Solih-Xo’jani o’tqazgan. Xon M.dan no- rozi bo’lib, maktub jo’natgan. M. vaziyat taqozosi b-n shunday qilganini, agarda xon Muhammad muqim sultonni jo’natsa, Solihxo’jani o’rniga taxtga o’tqazishini ma’lum qilgan. Yozishmalar 2,5 yil davom etgan. Subhonqulixon M.ni Qunduzdagi isyonni bostirishga yuborgan va uning yo’qligidan foydalanib, Balxga yurish qilgan. Solihxo’ja qun-duzdan M.ni chaqirtirgan. M. Balx mudofaasiga kirishgan, qamal 20 kun davom etgan, nihoyat, o’rtada sulh tuzilib xon orqaga qaytgan. Biroq M.ni ko’chmanchiharbiy zodagonlar qo’llab-quvvatlamagan. 1697 y. avg.da boshboshdoqlik kuchay- gan va M. Subhonqulixonning talabiga ko’nishga majbur bo’lgan. Solihxo’jani Hindistonga jo’natib, Balxni Muhammad Muqim sultonga topshirgan. 1697 y. ko’chmanchi qabilalar boshliqlari (ming, saroy) o’rtasida saroyda yuqori mavqega ega bo’lish uchun kurash boshlangan, unda Odilbiy va Shohniyozbiylar g’alaba qilib, M.ni otaliq mansabidan tu- shirganlar. M. Qunduzdan Balxga yurish qilgan. Muqimxon uni yana otaliq etib tayinlagan. 1703 y. mayda Balx atrofi- ga Termiz qo’ng’irotlari bosqin qilgan, ularga qarshi M. qo’shin tortib g’alaba qilgan, ulardan Qubodiyonni tortib ol- gan (noyab.). 1704-06 y.larda Buxoro b-n Balx o’rtasida Termiz uchun qattiq kurash ketgan. Unda dastlab M. ustun kelgan, 1704 y. sent.da u Termizni egallagan. 1707 y. martda beklar fitnasi natijasi- da M. Muhammad Muqimxonni qatl ettir- gan. Shu bahonada Ubay-dullaxon Balxga yurish qilgan (may), 1 oyga yaqin qamal qilib 27 mayda shaharni egallagan. M. Xiyobon darvozasi orq-Ali qochgan. 1709 y. sentda M. G’ur vilo- yatiga bosqin qilgan. Ubaydullaxon unga qarshi chora ko’ra olmagan, bunga xonliqdagi beklar o’rtasidagi ichki ni- zolar yo’l qo’ymagan. 1711 y. M. mashhur shoir Mashrabii qatl ettirgan. Ad.: Axmedov B. A., Istoriya Balxa, T., 1982; Axmedov B. A., Istoriko-Geo- grafi-cheskaya literatura Sredney Azii XVI—XVIII vv., Pismennie pamyatniki, T., 1985; Istoriya Uzbekistana, t. 3, T., 1993; materiali po istorii Sredney i Tsentralnoy Azii X-XIX vv., T., 1988. Faxriddin Hasanov.