Mahmudov Temur Ahmad o’g’li

Mahmudov Temur Ahmad o’g’li (1943.18.1, Toshkent) — sozanda (chang), bastakor, O’zbekiston Respublikasi san’at arbobi (2000). Mulla To’ychi hofizniyat nevarasi. Toshkent konser- vatoriyasini tugatgan (1969). Chang ij- rochiligi sirlarini F. Sodiqov va A. Odilovlardan o’rgangan. Muqimiy meamri musiqa rahbari (1963-71), O’zteleradiokompaniyasida “maqom” an- sambli sozandasi (1973 y.dan), musiqa rahbari (1976-2002), badiiy jamoalar direktsiyasi rahbari o’rinbosari (2002 y.dan). Ayni paytda M. Uyg’ur nomidagi Toshkent san’at in-tida (1982-92) va Hamza nomidagi Toshkent musiqa kol- lejida (1992 y.dan) o’qituvchi. Yakkasoz va jo’rnavoz sozanda sifatida tanil- gan. Zarblari nozik va mayin. Repertu- aridan Shashmaqomttt cholg’u va ashula turkumlari, Farg’ona—Toshkent maqom yo’llari, xalq va mumtoz cholg’u kuylari (“Farg’onacha rez”, “rohat”, “Gulbahor”, “Tanavor” va b.), o’zbek bastakorlari asarlari (“O’zbek valsi”, “Gulnor” F. Sodiqov; “Orzudili” M. Mirzaev va b.) o’rin olgan. Bastakor sifatida bir ne- chta qo’shiq (“O’zbekistonim mening”, “Ko’ngil”, “Vatan” va b.)lar va dramatic spektakllar (“Nodirabegim”, “fig’on”, O’zbek milliy akademik drama teatri; “Qora kamar”, “paranji sirlari”, A. Hidoyatov nomidagi drama teatri) uchun musiqalar yozgan.