Majid G’ofuriy
Majid G’ofuriy (taxallusi; asli ismi G’abdulmajid Nurg’oniyevich, 1880-1934) — boshqird-tatar shoiri. Boshqirdiston xalq shoiri (1923). Boshqird adabiyotining asoschisi. Ijodi 1902 yildan boshlangan (“Eshon muridlariga” she’ri). “Yosh umrim” (1906), “Millat muhabbati” (1907) she’riy to’plamlarini yozgan. “Faqirlikda kechgan hayot” (hikoya, 1903), “Sibir temir yo’li” (Doston, 1904), “turmush bosqichlari” (1930), “shoirning oltin konlarida” (1931) va boshqa asarlar muallifi. “Badnom bo’lganlar” (1927) qissasi boshqird nasrining yaxshi namunalaridan hisoblanadi.